API hujjatlari
SMSGram REST API orqali tasdiqlangan shablonlar asosida SMS yuboring va balansni tekshiring.
Umumiy ma'lumot
SMSGram API HTTPS orqali ishlaydi, barcha so'rov va javoblar JSON formatida uzatiladi. SMS yuborish faqat administratsiya tomonidan tasdiqlangan shablonlar orqali amalga oshiriladi — bu spam va firibgarlikning oldini oladi.
https://smsgram.uz/api/v1
Autentifikatsiya
Har bir so'rov sarlavhasida (header) Bearer API-kalitni yuborishingiz kerak. API-kalitni "Profil / API" sahifasidan yaratishingiz mumkin.
Authorization: Bearer sg_sizning_api_kalitingiz
O'zgaruvchan shablonlar
Agar shablon matnida {nomi} kabi o'zgaruvchilar bo'lsa, ularni so'rov tanasidagi "variables" obyekti orqali to'ldirishingiz shart. Biror o'zgaruvchi to'ldirilmasa, so'rov 422 xatosi bilan qaytadi.
/api/v1/sms/send
SMS yuborish
Tasdiqlangan shablon orqali bir yoki bir nechta telefon raqamga bir yo'la SMS yuboradi.
So'rov parametrlari
| Parametr | Turi | Majburiymi | Tavsif |
|---|---|---|---|
| template_id | integer | Ha | Yuborish uchun ishlatiladigan tasdiqlangan shablon ID raqami |
| recipients | string[] | Ha | Qabul qiluvchi telefon raqamlar ro'yxati (massiv) |
| variables | object | Yo'q | Shablondagi {o'zgaruvchi}lar uchun qiymatlar (kalit-qiymat obyekti, shablonda o'zgaruvchi bo'lmasa shart emas) |
cURL
curl -X POST https://smsgram.uz/api/v1/sms/send \
-H "Authorization: Bearer sg_api_kalit" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{
"template_id": 1,
"recipients": ["998901234567", "998907654321"],
"variables": {
"ism": "Malika",
"code": "482913"
}
}'
Muvaffaqiyatli javob
{
"success": true,
"sms_id": 145,
"provider_sms_id": "b7e1...",
"recipients": 2,
"error": null
}
Xatolik javobi
{
"success": false,
"error": "variables.code maydoni shart"
}
/api/v1/balance
Balansni tekshirish
Joriy hisobingiz balansini qaytaradi.
cURL
curl https://smsgram.uz/api/v1/balance \
-H "Authorization: Bearer sg_api_kalit"
Muvaffaqiyatli javob
{
"success": true,
"balance": 80000
}
Xato kodlari
| 401 | API kalit noto'g'ri yoki yuborilmagan |
| 402 | Balans yetarli emas |
| 403 | Foydalanuvchi bloklangan |
| 422 | Parametrlar noto'g'ri, shablon tasdiqlanmagan yoki o'zgaruvchilar to'ldirilmagan |
API kalitingiz yo'qmi?
Bepul hisob oching